Akkauntni o'chirish
Akkauntni istalgan payt o'chirish mumkin — ilovada bir daqiqada yoki Telegram botimiz orqali.
Ilovada yoki saytda
- 1«Profil»ni oching.
- 2Pastda «Akkauntni o'chirish»ni bosing.
- 3Parolni kiriting va tasdiqlang.
Ilovasiz
Akkaunt bog'langan Telegram'dan botimizga «Akkauntimni o'chiring» deb yozing. Biz uni 7 kun ichida o'chiramiz va xabar beramiz.
Telegram'ga yozishNimalar o'chiriladi
- Ism, telefon raqamlari va yetkazish manzillari
- Parol va saytga kirish
- Bonum yordamchisi bilan yozishmalar
- Bildirishnomalar va Telegram bilan bog'lanish
Nimalar qoladi
- Buyurtmalar va to'lov cheklari — buxgalteriya hisobi uchun, kontaktlaringizsiz
Jarayondagi buyurtmalar bor ekan, akkauntni o'chirib bo'lmaydi: yetkazilishi yoki bekor qilinishini kuting.